06Apr/23

““SQB Insurance” SK” АJ “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-” darajadagi “Barqaror” prognoz reytingiga ega boʼldi

2023 yil 05 aprelda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ““SQB Insurance” sugʼurta kompaniyasi” aktsiyadorlik jamiyatiga sugʼurtalovchining moliyaviy barqarorligi boʼyicha “BB-” darajadagi “Barqaror” prognozli reyting berdi. Ushbu reyting ““SQB Insurance” SK” АJ majburiyatlarini oʼz vaqtida va toʼliq bajarish qobiliyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Oʼzbekiston sugʼurta bozoridagi eng faol va barqaror oʼsib borayotgan kompaniyalardan biri boʼlgan ““SQB Insurance” SK” АJ bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslarga 60 dan ortiq sugʼurta xizmatlarini taqdim etmoqda.
Kompaniyada shakllantirilgan Ustav kapitali, sugʼurta zahiralari hamda sugʼurta tavakkalchiliklarni, aktivlarni samarali boshqarish tizimi, qayta sugʼurtalash mexanizmlari kompaniyaning moliyaviy barqarorligini yuksalishiga xizmat qilmoqda.
2022 yil yakunlari boʼyicha Kompaniya aktivlari 131,1%ga, Ustav kapitali 117,9%ga, investitsiya qoʼyilmalari 133,9%ga oshib, 13,4 mlrd. soʼm miqdorida sof foyda olishga erishildi. Kompaniya kapital rentabelligi (ROE) 31,9%ni va aktivlari rentabelligi (ROE) 9,2%ni tashkil qildi. Mazkur moliyaviy koʼrsatkichlar sugʼurta bozoridagi oʼrtacha moliyaviy koʼrsatkichlardan yuqori hisoblanadi.
““SQB Insurance” SK” АJ qayta sugʼurtalash borasida ham katta tajribaga ega boʼlib, mahalliy va xalqaro sugʼurta va qayta sugʼurta kompaniyalari, sugʼurta brokerlari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan. Buning natijasida 2022 yil boʼyicha kiruvchi qayta sugʼurta mukofotlari hajmi 127,8%ga oʼsib, 13,8 mlrd. soʼmni tashkil qildi.
Kompaniya milliy sugʼurta bozorida oʼz oʼrniga ega boʼlish va istiqbolda uni yanada rivojlantirish maqsadida, IT-texnologiyalarni qoʼllagan holda masofaviy sugʼurta xizmatlarini koʼrsata boshladi. Bu esa mijozlarga bir qator yengillik va qulayliklar yaratdi. Koʼrsatilayotgan sugʼurta xizmatlarining sifati, Kompaniyaga milliy va xalqaro reyting darajasini oshirishga xizmat qildi.
“Fitch Ratings” reyting agentligi tomonidan berilgan “BB-” xalqaro reytingi Kompaniyaga biznesni kengaytirish, sugʼurta xizmatlari eksportini oshirish, xalqaro qayta sugʼurtalash bozoriga kirish hamda yangi mijozlarni jalb qilishda yangi imkoniyatlarni ochadi.
Quyidagi ilova orqali reyting bilan tanishishishgiz mumkin: https://www.fitchratings.com/entity/joint-stock-company-insurance-company-sqb-insurance-97464112

21Mar/23

Aziz yurtdoshlar “SQB Insurance” jamoasi Sizni go’zallik va yangilanish bayrami -Navro’zi olam bilan samimiy muborakbod etadi.

20Mar/23

“Ahbor-Reyting” agentligi “”SQB Insurance” sugʼurta kompaniyasi” Аksiyadorlik jamiyati faoliyatini “Barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajadagi reyting bilan baholadi.

Milliy sugʼurta bozoridagi eng faol va barqaror oʼsib borayotgan sugʼurta kompaniyalaridan biri – ““SQB Insurance” sugʼurta kompaniyasi” Аksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur kompaniya yuridik va jismoniy shaxslarga keng turdagi sugʼurta xizmatlarini koʼrsatib kelmoqda.

17Mar/23

Endilikda Siz, o’z uyingizdan yoki ofisingizdan chiqmagan holda majburiy sug‘urta qilish polisini online shaklda sotib olishingiz mumkin.

Buning uchun Sizdan faqatgina «SQB Insurance» sug’urta kompaniyasining rasmiy saytiga kirishingiz kifoya.

Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 202 5 505; 95 177 64 65.

07Mar/23

SQB Insurance barcha ayol-qizlarni 8-mart bayrami bilan chin ko’ngildan tabriklaydi!

08Fev/23

2023-yil 7-fevral kuni “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida Fransiyaning “Scor” qayta sug‘urta guruhi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, muzokaralar davomida kompaniyalar qayta sug’urtalash faoliyati, xodimlarni o’qitish va sug’urta bozori bilan bog’liq bir qator boshqa masalalarni muhokama qildilar.

11Yan/23

09Yan/23

“SQB Insurance” bilan siz barcha turdagi sug’urta polislarini rasmiylashtira olasiz!
⁣⠀⁣⁣⠀
✅Sog’lig’ingiz⠀
✅Avtoulovingiz
✅Mol-mulkingiz⁣⁣⠀
✅Uy-joyingiz
✅Biznesingiz⁣⁣⠀
biz bilan ishonchli qo’llarda

Murojaat uchun: 71 202 55 05

30Dek/22

Hurmatli va aziz, qadrdonlar!

Yangi 2023 yil muborak bo‘lsin! Yangi yilda Sizga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, jamoangizda birdamlik, Vatanimizning tinchligi, hayotimizning osoyishtaligi, xalqimizning salomatligi yo‘lida qilayotgan sharafli va mas’uliyatli ishlaringizga omad tilaymiz!

Hurmat bilan SQB INSURANCE jamoasi

07Dek/22

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.

Konstituttsiyamizning 30 yilligi muborak bo‘lsin, barchaga farovonlik, omad, sog‘lik va ajoyib kayfiyat xamroh bo‘lsin.